Yangilik haqida batafsil

Mahorat darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Institutning Fargʻona filiali mart oyi tinglovchilari tomonidan mahorat darslari davom etmoqda.
???? Andijon shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Dzyudo treneri K.Uzaqov
— “Dzyudo sportida asosiy texnik harakatlar”;
???? Andijon viloyati Asaka tumani sport maktabi Yunon-rum kurashi treneri F.Umarov
— “Yunon-rum kurashida tik turgan holatdagi yiqitishlar”;
???? Andijon shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Yunon-rum kurashi treneri  I.Ne’matov
— “Yunon-rum kurashida tik turgan holatda bidro usulda tashlash”;
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.