Yangilik haqida batafsil

Mahorat darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali mart oyi tinglovchisi, Andijon viloyati Qorasuv shahar sport maktabi Gandbol treneri Sidiqova Shaxnoza Ne’matovna tomonidan “Gandbolda to‘pni uzatish, qabul qilish, olib yurish va darvozaga otish texnikasi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mahorat darsida Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi v.b. professori D.Norkulov va Gandbol guruhi tinglovchilari ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darsi davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.