Yangilik haqida batafsil
Mahorat darsi Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali mart oyi tinglovchisi, Og‘ir atletika treneri Maxmudov Rustam Mamadiminovich tomonidan “Shtangani ushlash texnikasi: qo‘l va tirsak pozitsiyasi, palma va barmoq holati” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mahorat darsida institut va uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi.
Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda nazariy va amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/photo_2026-04-16_09-35-24.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/photo_2026-04-16_09-35-30.jpg)