Yangilik haqida batafsil

Mahorat darsi

Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi p.f.b.f.d. (PhD), dotsent E.Usmonov tomonidan “Sport mashgʻulotlarida yuklama va uni sportchilar organizmiga taʼsiri” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 
Mazkur mahorat darsida yuklamani to‘g‘ri rejalashtirish, sportchi organizmining fiziologik imkoniyatlari, tiklanish jarayoni va sport natijalariga ta’sir qiluvchi omillar haqida so‘z yuritilib, misollar asosida yuklama nazariyasi tushuntirildi hamda zamonaviy sport ilm-fani yutuqlari asosida tavsiyalar berildi. Mazkur mahorat darsi trenerlarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.