Yangilik haqida batafsil

Mahorat darsi

Fargʻona shahrida joylashgan “Samo” sport majmuasida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchisi — Namangan shahar sport maktabi “Penchak silat” treneri, oliy toifali trener, sport ustaligiga nomzod, 2 nafar Osiyo chempionati  sovrindori, 20 nafardan ortiq Respublika chempionati va kubogi hamda koʻplab xalqaro turnir gʻolib va sovrindorlarini  tayyorlagan, Respublika chempionati sovrindori A.Ismailov tomonidan  “Oyoq zarbalariga qarshi usullar” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.