Yangilik haqida batafsil
Mahorat darsi
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida institut professori Isroilov Shaakram Xalmatovich tomonidan “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish yo‘nalishi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” modulidan mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi davomida tinglovchilarga jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha zarur tushuncha va tavsiyalar berildi, tinglovchilar o‘z savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob olishdi.

