Yangilik haqida batafsil

Mahalla ligasi

30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Mahalla ligasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi bo‘yicha sektor bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada mahallalarning faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan vakillari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali joylashgan “To‘qimachilar” mahallasi vakillari ham ushbu sport tadbirida faol qatnashib, mahalla sha’nini munosib himoya qilmoqda.