Yangilik haqida batafsil

Kuzibayev Rustamjon Abdulxayevichga ilmiy unvon muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 31-oktabrdagi 376/1-son bayonnomasiga asosan, Institutning Farg‘ona filiali o‘qituvchisi Kuzibayev Rustamjon Abdulxayevichga dotsent ilmiy unvoni  topshirildi.

Hurmatli Rustam Abdulxayevich, dotsentlik ilmiy unvoningiz muborak bo‘lsin, institut va filial jamoasi keyingi ilmiy ishlaringizga omad tilaydi.