Yangilik haqida batafsil

Kodirov Muminjon Abduvoxidovich Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Kodirov Muminjon Abduvoxidovich Farg‘ona filiali 2023-yil iyun oyi “Yengil atletika” guruhi tinglovchisi. Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Yengil atletika treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 90 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari: Sport ustaligiga nomzod.
Trener sifatida: Osiyo chempionati sovrindori 1 nafar;
Markaziy Osiyo chempioni 5 nafar; O‘zbekiston chempioni 30 nafar, sovrindorlari 20 nafar;
Sport ustasi 1 nafar, Sport ustaligiga nomzod 2 nafar sportchilarni tayyorlagan.