Yangilik haqida batafsil
#koʻchma_malaka_oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 30-Q/Q-son, 45-Q/Q-son qo‘shma qarorlari, Sport vazirining 2025-yil 5-sentabrdagi 01/1451-A/F-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyati jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida uch hafta davomida bevosita malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
O'quv-mashg'ulotlari avvalida dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.