Yangilik haqida batafsil
Kitobxonlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar kuni “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya yo‘riqchilari” yo‘nalishi 2-guruh tinglovchilari Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib:
✅ kitob fondi va elektron resurslar bilan tanishildi;
✅ zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari haqida ma’lumot olindi;
✅ sport, sog‘lom turmush tarzi, pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlar ko‘rgazmasida ishtirok etildi.
???? Uchrashuv davomida kitobning ma’naviy kamolotdagi o‘rni, mutolaaning kasbiy faoliyat samaradorligiga ta’siri hamda yoshlarni barkamol tarbiyalashdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
???? Tashrif yakunida ishtirokchilar kutubxonaga a’zo bo‘lib, zarur adabiyotlarni tanlab oldilar.
/foto%20fevral%20mart/photo_2026-03-10_11-08-00.jpg)
/foto%20fevral%20mart/photo_2026-03-10_11-08-03.jpg)
/foto%20fevral%20mart/photo_2026-03-10_11-08-13.jpg)