Yangilik haqida batafsil

Kitob_burchagi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-sonli “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining 2026-yil 12-fevraldagi U-13-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona filiali tinglovchilar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob burchagi” tashkil etildi. Mazkur kitob burchagi soha yo‘nalishiga oid ilmiy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy adabiyotlar bilan boyitilib, muntazam ravishda yangi nashrlar bilan to‘ldirib borilmoqda.