Yangilik haqida batafsil

Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra Qosimov Noʻmonjon Abdullajanovich IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Farg‘ona filiali 2023-yil mart oyi “Gandbol” guruhi tinglovchisi. Namangan viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi gandbol treneri. 
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 120 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari: O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi, Shuhrat medali sohibi, “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 va 27 yilligi ko'krak nishonlari” sohibi. Sport ustaligiga nomzod.
Trener sifatida: 
Xalqaro turnirlar sovrindori 14 nafar;
O‘zbekiston chempioni 50 nafar;
Sport ustaligiga nomzod 80 nafardan ziyod sportchilarni tayyorlagan.