Yangilik haqida batafsil
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra Nazimov Rahmatillo Ergashaliyevich IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Farg‘ona filiali 2023-yil mart oyi “Boks” guruhi tinglovchisi. Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani sport maktabining boks treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 88 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari: “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi. Xalqaro turnirlar g‘olibi. Sport ustaligiga nomzod.
Trener sifatida:
Jahon chempionati sovrindori 1 nafar;
Osiyo chempioni1 nafar;
Xalqaro turnirlar sovrindori 20 nafar;
O‘zbekiston chempionati sovrindori 4 nafar;
Xalqaro toifadagi sport ustasi 1 nafar;
Sport ustaligiga nomzod 30 nafardan ziyod sportchilarni tayyorlagan.

