Yangilik haqida batafsil
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra Abduraxmonov Dilshod Soliyevich IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Abduraxmonov Dilshod Soliyevich
Farg‘ona filiali 2023-yil fevral oyi Yengil atletika guruhi tinglovchisi. Farg‘ona viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi Yengil atletika treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 90 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari: Oʻzbekiston chempionati va kubogi sovrindori. I kattalar sport razryadi.
Trener sifatida:
Osiyo chempionatida 2 nafar;
O'zbekiston chempioni 16 nafar;
Sport ustaligiga nomzod 6 nafar;
1-sport razryadli 12 nafardan ortiq sportchilarni tayyorlagan.

