Yangilik haqida batafsil

Kasaba_uyushmasi_faoliyati Fargʻona_filiali

Institutning Fargʻona filialida “2026–2028-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasini tasdiqlash” masalasida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda filial rahbariyati, kasaba uyushma qoʻmitasi aʼzolari, professor-oʻqituvchilar hamda texnik xodimlar ishtirok etib, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Unda 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan hisobot va kasaba uyushma qoʻmitasi raisining axboroti tinglandi. Shuningdek, 2026–2028-yillarga moʻljallangan yangi jamoa shartnomasi muhokama qilinib, ikki tomonlama komissiya dalolatnomasi asosida barcha bandlar bir ovozdan maʼqullandi. Yangi shartnoma ijrosida xodimlarning faol ishtiroki muhim ekani alohida taʼkidlandi.