Yangilik haqida batafsil

Karate (WKF) bo‘yicha trener hamda hakamlar uchun Farg‘ona viloyatida oʻquv seminarlari boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2023-yil  3-noyabrda "Karate  (WKF) sport turini yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi PQ-356-son qarori ijrosini  taʼminlash maqsadida,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Sport  vazirligining  2025-yil  1-apreldagi  02-14/3108 -sonli  xatiga  asosan,  vazirlik  tomonidan  tasdiqlangan trenerlar  va  hakamlarni  attestatsiyadan  oʻtkazish  dasturi  boʻyicha  sport-taʼlim muassasalari, sport  klublari  va xususiy  sektorlardagi  sportning  karate  (WKF)  turi boʻyicha  trener  va  hakamlarni  2025-yil  4-15 -aprel  kunlari  hududlar  boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazish yuzasidan jadval ishlab chiqilgan. Tasdiqlangan reja-jadvali asosida joriy yilning 8-aprel kuni Fargʻona viloyati sport boshqarmasida Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyati Karate (WKF) turi boʻyicha trener hamda hakamlar uchun oʻquv seminarlari boshlandi. Seminarda sport mutaxassislari va professor- oʻqituvchilar, sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan nazariy va amaliy tushunchalar berilmoqda. Jumladan, trenerlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv mashgʻulot jarayonini tashkil qilish va oʻtkazish mavzularida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari p.f.b.f.d(Phd) v.b. professor D.R.Norkulov, p.f.b.f.d(Phd), dotsent O.Qambarov, dotsent O.Nazirovlar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.