Yangilik haqida batafsil
Kadrlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha o‘zaro tajriba almashinuvi
O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kadrlar bo‘limi boshlig‘i G.Jumasheva hamda institutning Farg‘ona filiali kadrlar bo‘yicha inspektori I. Mo‘ydinova o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida:
Kadrlar siyosatini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish hamda kadrlar bo‘limi faoliyatidagi hujjat yuritilishi jarayonlarini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ish yuritishdagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashib, hujjatlarni yuritish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash, kadrlar bo‘limi ish faoliyatini takomillashtirish va institut hamda uning filiallari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

