Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 9 – fevral kuni buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligini keng nishonlandi
Joriy yilning 9 – fevral kuni buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi mir Alisher Navoiy tavalludining 581 - yilligini keng nishonlash maqsadida Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari onlayn davra suhbati tashkil etishdi. Onlayn tashkil etilgan davra suhbatida Farg‘ona viloyati “Yozuvchilar uyushmasi” aʼzosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shokirova Xavasxon Nurmamatovna ham ishtirok etib, shoirning hayoti va ijodi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini ishtirokchilarga yetkazdi. Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g‘azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 - ming baytdan ortiq. 51230 - misradan tashkil topgan. "Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. "Xazoyin ul-maoniy” (Maʼnolar xazinasi) devoni qariyb 45 - ming misradan iborat. Ushbu onlayn o‘tkazilgan davra suhbatida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.N Xolnazarova Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylaridan o‘qib eshittirdi. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchi va KXM malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan birgalikda o‘tkazilgan ushbu davra suhbati qiziqarli va mazmunli tarzda bo‘lib o‘tdi.


