Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 9 – fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda.

Joriy yilning 9 – fevral kuni Farg‘ona filialida ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda. Alisher Navoiy milliy maʼnaviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan daho shoirdir. Mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat, ilm-fanga eʼtibor qaratish borasidagi islohotlar jarayonida shoir bobokalonimiz merosini mukammal o‘rganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 - yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahrida joylashgan mutafakkir haykali oldiga erta tongdanoq turli korxona, tashkilot, idoralar, taʼlim muassasalari, jumladan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali o‘qituvchi va xodimlari, adabiyot muxlislari to‘plandi. Alisher Navoiy haykali poyiga guldastalar qo‘yildi. Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni «shams ul-millat» — millat quyoshi deb hamma davrlarda eʼzoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu eʼtirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir.