Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 8 - aprel kuni Filialda Amir Temur tavalludining 686 - yilligiga maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 8 - aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686 - yilligiga bag‘ishlab «Biz kim, mulki Turon...» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirni filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N. Yuldasheva ochib berdi va buyuk Amir Temur siymosi mamlakatimiz tarixining ajralmas qismi ekanligini taʼkidladi, shuningdek Vatanimiz tarixining ikkinchi Renessansi Amir Temur va temuriylar davriga to‘g‘ri kelishini aytib o‘tdi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga tarix fanlari doktori B.Usmonov to‘liq javob berib o‘tdi.