Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 7 - Aprel kuni Filial professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va tinglovchilari ortasida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.

Har kuni ertalab 10 daqiqa jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kundalik ish koeffitsiyentni 65-70 foizga ko‘tarishi isbotlangan. 15 daqiqa badantarbiya qilgan kishining xotirasi tiniqlashib, aqli va ko‘zi o‘tkirlashadi, harakat-tayanch tizimi faoliyati yaxshilanadi. Ushbu maqsadda Farg‘ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida muntazam ravishda ertalabki  badantarbiya mashg‘ulotlari  tashkil etilmoqda. Shuningdek, Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va tinglovchilarning salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.