Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 7 – aprel kuni Filial ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash hamda “7 - aprel Umumjahon salomatlik kuni” munosabati bilan joriy yilning 7 – aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tkazilgan sport musobaqalarda tinglovchilar “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “DARTS“, “Mini-futbol” va “Voleybol” turlari bo‘yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg‘ona) bo‘lingan xolda o‘zaro qizg‘in bellashuvlar olib bordilar.
Natijalar:
“MINI-FUTBOL”
3-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi.
«VOLEYBOL»
3-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi.
“ARQON TORTISH”
3-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi.
«DARTS»
3-o‘rin Sharipova Nasibaxon (ANDIJON VILOYATI)
2-o‘rin Mirzayeva Xamidaxon (NAMANGAN VILOYATI)
1-o‘rin Mo‘minova Feruzabonu (FARG‘ONA VILOYATI)
“TOSH KO‘TARISH”
3-o‘rin Xabibullayev Abrorbek (NAMANGAN VILOYATI)
2-o‘rin Qo‘ziboyev Murodjon (ANDIJON VILOYATI)
1-o‘rin Otaboyev Dilmurod (FARG‘ONA VILOYATI)











