Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 6 - may kuni filialda 9 - may Xotira-sharaf” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 6 - may kuni Farg‘ona filialida 9 - may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarda Vatanga muhabbat, shukronalik, tinchlik va osoyishtalik, musaffo osmon ostidagi hayotning mazmunini yetkazishdan iborat ekanligini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Azimov aytib o‘tdi va tadbirga tashrif buyurgan faxriylarni tanishtirdi. Tadbirga kelgan mehmonlardan O‘zbekiston jangchi-faxriy va nogironlar Farg‘ona shahar bo‘linmasi raisi Baxtiyor Mirzaolimov, rais o‘rinbosari Imomov Hakim, Kengash aʼzolari Mirzayev Muhammad, Tilyahodjayev Abbos, Andijon shahar afg‘on kengashi aʼzosi Kasimov Raximjonlar ham o‘z fikrlarini bildirishdi. Tadbirda ishtirok etgan faxriylarga filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olindi.Tadbir qiziqarli, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.