Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 5-noyabr kuni Xalqaro tadbir otkazildi.
Joriy yilning 5-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yangiliklar va muammolar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar hamda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida xalqaro tadbir tashkillandi. Tadbir bevosita onlayn shaklda ham bo'lib o'tdi. Unda Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda Filialning malaka oshirish kursi tinglovchilari ham ishtirok etdilar. Ikki qisimga bo'lingan xolda o'tkazilgan ushbu Xalqaro tadbirning birinchi qismida Vladimir Nikolayevich Platonovning “Yuqori malakali sportchilarni uzoq muddatli tayyorlashning zamonaviy tizimi: tuzilishi va mazmuni” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Unda sportchilarni saralashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, ularni turli musobaqalarga yosh doirasidan kelib chiqqan holda tayyorlash, sportchilarning jismoniy holatini oshirishga qaratilgan yangicha tizimdagi mashqlar xususida maʼlumotlar berildi. Tadbirning ikkinchi qismida esa Mariya Mixaylovna Bulatova “Olimpiya o‘yinlarining tarixiy va madaniy merosi, Olimpiya ta’lim shakllari va mazmuni” mavzusida nutq so‘zladi. Xususan, olimpiya o‘yinlarini eslatuvchi qadimiy haykallarda ilk olimpiyachi sportchilar ko‘rinishi, olimpiya sport turlari rivojlanishi tarixidagi qiziqarli ma’lumotlarni yig‘ilganlarga ulashib, ushbu sohada o‘qitishning turlicha yangi ilg‘or texnologiyalari bilan tanishtirib o‘tdi. Xalqaro tadbir Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda malaka oshirish kursi tinglovchilarida katta taassurot qoldirdi.






