Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 30-avgust kuni filial professor-o‘qituvchilari uchun o'quv seminarlari tashkil etildi .
Joriy yilning 30-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida filial professor-o‘qituvchilari uchun o'quv seminarlari tashkil etildi . O'quv seminarida filialda dars berayotgan 15 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar jalb etildi. O‘quv seminarining 1-kunida “ Yosh murabbiylarni sportchi tayyorlash tizimini takomillashtirish (yengil atletika) misolida”, “ Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish salomatlik test meʼyorlarini ahamiyati”, “Pedagogning professional kompetentligi va mahorati” mavzularida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ma’ruzalarga OTM va filialning malakali professor-o‘qituvchilari jalb etildi.




