Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 30 - aprel kuni "STOL TENNISI" bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yana-da rivojlantirish maqsadida joriy yilning 30 - aprel kuni “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida "STOL TENNISI" bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.



