Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 27 - oktabr kuni Filial professor-o‘qituvchilari, Farg'ona Viloyati xalq taʼlimi vakillari "Sayyor qabulda" tadbirga oid yig’ilganlarning murojatlari atroflicha oʻrganib chiqildi.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida xususan taʼlim sohasida ham aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. O‘tkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2021 - yil 10 - fevraldagi PF – 6166-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini 2021 - yil II yarim yillikda taʼminlash borasida aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 - yil 6 - apreldagi PF – 6199-sonli farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash bo‘yicha farmonda belgilangan vazifalarni bajarish va nazorat qilish yuzasidan anʼanaviy tarzda 27.10.2021 - yil kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, Farg'ona Viloyati xalq taʼlimi vakillari xamda viloyatdagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari, o‘qituvchilar, uslubchilar ishtirok etishdi. Sayyor qabulda malaka oshirish instituti va xalq ta'limi tizimi bilan hamkorlik bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, 2022 - yil uchun malaka oshirish rejasini tashkillash, malaka oshirish va sport sohasiga oid turli mavzulardagi tadbirga yig’ilganlarning murojatlari atroflicha oʻrganib chiqildi.




