Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 26 - avgust kuni institut va uning filiallari professor-o‘qituvchilari Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.

Institutda  tashkillangan qisqa muddatli malaka oshirish kursi dasturiga muvofiq 2022-yil 26-avgust kuni institut va uning  filiallari professor-o‘qituvchilari Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Jumladan, mehmonlarda “Humo” sport arenasi hamda O‘zbekiston Respublikasining  Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi katta taassurot qoldirdi.