Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 24-26 avgust kunlari Institut hamda uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallari professor-o‘qituvchilari uchun institutda 36 soatli qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Joriy yilning 24-26 avgust kunlari “Professor-o‘qituvchilar kasbiy, maʼnaviy-axloqiy saviyasini, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligini oshirish, taʼlim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni hamda o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish” bo‘yicha Institut hamda uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallari professor-o‘qituvchilari uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 36 soatli qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi. Qisqa muddatli malaka oshirish kursiga Institut va uning filiallarida dars berayotgan 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar jalb etildi.




