Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 22 - dekabr kuni filial “FUTBOL” guruhi tinglovchilariga master klass (mahorat darsi) o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 4 - dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5887 sonli farmoni ijrosini taʼminlash hamda institutning yillik rejasiga asosan soha mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 22 - dekabr kuni Farg‘ona filiali "Sport taʼlim muassasalari trener-o‘qituvchilariʼʼ yo‘nalishi FUTBOL guruhi tinglovchilari ixtisosliklari bo‘yicha Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan «ATLETIK» XFK futbol sport maydoniga tashrif buyurishdi. Ularga birinchi toifali murabbiy, ushbu sohada 18 yillik tajribaga ega Sultonov Sarvar Akramovich tomonidan malaka oshirish yonalishida ta'lim olayotgan “FUTBOL” guruhi tinglovchilariga master klass (mahorat darsi) o‘tildi.