Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 20 – may kuni Filialda ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20 – may kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tkazilgan sport musobaqalarda tinglovchilar “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “DARTS“, “Mini-futbol” va “Voleybol” turlari bo‘yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg‘ona terma jamoalariga) bo‘lingan xolda o‘zaro qizg‘in bellashuvlar olib bordilar.
Natijalar:
“MINI-FUTBOL”
3-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi.
«VOLEYBOL»
3-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi.
“ARQON TORTISH”
3-o‘rin “NAMANGAN” tinglovchilari terma jamoasi;
2-o‘rin “ANDIJON” tinglovchilari terma jamoasi;
1-o‘rin “FARG‘ONA” tinglovchilari terma jamoasi.
«DARTS»
3-o‘rin Boltaboyeva Nargiza, Baratova Lobar (ANDIJON VILOYATI)
2-o‘rin Tojiboyeva Umida, Rasulova Odinaxon (FARG‘ONA VILOYATI)
1-o‘rin Mingboyeva Odinaxon, Muratova Muazzam (NAMANGAN VILOYATI)
“TOSH KO‘TARISH”
3-o‘rin Najmiddinov Abdulaziz (NAMANGAN VILOYATI)
2-o‘rin Azizov Yosin (FARG‘ONA VILOYATI)
1-o‘rin Mamataliyev Abdug‘affor (ANDIJON VILOYATI)










