Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 18 - aprel kuni Psixologik trening bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 18 - aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi seminar trening bo‘lib o‘tdi. Psixologik treningni “Sport psixologiyasi” fani o‘qituvchisi Sh. Kurbonova olib bordi. “Psixologik trening tushunchasi va treningni o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi seminar treningda “Badiiy gimnastika” yo‘nalishi tinglovchilari qatnashdilar. Seminar treningda “Tanishuv”, “Xotirani rivojlantiruvchi mashqlar”, “Diqqatni yo‘naltiruvchi”, “Mening oilaviy hayotim” mashqlaridan foydalanildi.

