Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 16-oktabr kuni Farg‘ona filialida “Axborot xuruji. Diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Axborot xuruji. Diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Filial pedagoglari va tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbirda hozirgi kunda global muammolardan biriga aylangan axborot xuruji va internetning salbiy oqibatlariga to‘xtalib, diniy eksterimizm va terrorizm, fundamentalizm, neofashizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi axborotlar, bazi insonlarning, ayniqsa yoshlarimizning terroristik guruhlar domiga tushib qolishiga sabab bo‘layotgani, “XXI-asrni axborot va texnologiyalar asri” sifatida qaralayotganligi, axborot vositalaridan samarali foydalanish lozimligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.


