Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 15 - aprel kuni Farg‘ona filialida “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” MAVZUSIDA davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 15 - aprel kuni Farg‘ona filialida “ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” MAVZUSIDA davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.E.Yuldasheva ochib berdi va o‘z nutqi davomida odam savdosi muammosi global muammo sifatida eʼtirof etilishini aytib o‘tdi. Davra suhbatida ishtirok etgan Farg‘ona shahar “To‘qimachilar” MFY uchastka noziri Qambarov Azizbek ham "Inson huquqlarining Evropa Konvensiyasi", "Qullik xususida"gi Konvensiya, "Qullikni yo‘qotish amaliyoti to‘g‘risida"gi qo‘shimcha Konvensiya, "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi Konvensiya, "Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiyalar qabul qilinganligi, shuningdek mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish borasida me'yoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqilganligini taʼkidladi. Davra suhbati davomida tinglovchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olindi.Tadbir qiziqarli, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

