Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 14 - aprel kuni filial xodimlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi
Joriy yilning 14 - aprel kuni O‘zDJTSU hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali bilan 2022 - 2024 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda filialning 2022 - yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq ilg‘or xorijiy tajribalarni jismoniy tarbiya va sportga joriy etish maqsadida ZOOM platformasi orqali «JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING RIVOJLANISHI MUAMMOLARI: TARIX, ZAMONAVIYLIK, KELAJAK» mavzusida I Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda filial professor-o‘qituvchilari va O‘zDJTSU ga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan filialning “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi Qambarov Orzubek ham ishtirok etdi.


