Yangilik haqida batafsil
Joriy yilning 12 - yanvar kuni filial tinglovchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan "Direktori kubogi" uchun musobaqa tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabridagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 - yil 12 - yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan "Direktori kubogi" uchun musobaqa tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblari: 3 -o‘rin tinglovchi SH.Pirmatov(KURASH), 2–o‘rin tinglovchi A.Dadajonov(TURON) va 1–o‘rin tinglovchi Z.G'aybullaevlar(SHAXMAT) medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.




