Yangilik haqida batafsil
joriy yilning 11 - dekabr kuni filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan musobaqa tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni hamda 2021 - yil 14 - yanvardagi “Shaxmatni yana-da rivojlantirish va zamonaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11 - dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turidan Filial direktori kubogi uchun musobaqa tashkil etildi. Musobaqa g‘oliblari: 3 -o‘rin o‘qituvchi M.Neʼmatov, 2–o‘rin kabinet mudiri G.Abdullayeva va 1–o‘rin o‘qituvchi SH.Qurbonovalar medal va diplomlar bilan taqdirlandilar.




