Yangilik haqida batafsil

Joriy yilning 10 – noyabr kuni Farg‘ona filialida “Diniy eksterimizm, terrorizm mavzusida tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 10 – noyabr kuni Farg‘ona filialida “Diniy eksterimizm, terrorizm, fundamentalizm va radikalizmning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Ushbu tadbirda Farg’ona shahar “Ho‘jamberdiboy” masjidi imom xatibi K.Raximov qori domla ishtirok etdi va o‘z nutqlarida  global muammo sifatida e'tirof etib kelinayotgan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi” kurashda fuqarolarning mafkuraviy immunitetini oshirish va ma'naviyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini alohida takidlab o'tdi. Shundan so'ng “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi  Sh.Xolnazarova so'z olib, bugun shunchaki yoshlar ongida sog’lom muhitni uyg’otish sog’lom mafkura egasi qilish va ularni o’zlari mustaqil to’g’ri yo’lni tanlay oladigan darajaga yetgunlariga qadar nazorat ostida ushlash kerakligini gapirib o'tdi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga K.Raximov va filial professor-o‘qituvchilari U.Azimov N.Yuldasheva, Sh.Qurbonova, D.To‘xtasinovlar tomonidan javoblar berildi