Yangilik haqida batafsil
Jismoniy tarbiya va sport kuni Fargʻona filiali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-443-son Qaroriga koʻra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilangan, shu munosabat bilan joriy yilning 18-iyun kuni Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Farg'ona filiali sport targʻibotchisi M.Neʼmatov tomonidan tinglovchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Musobaqalar “Tosh koʻtarish”, “Arqon tortish” hamda "Gimnastika yakkaxodasi (turnik)" bellashuvlari bo‘yicha oʻtkazilib, ushbu sport musobaqalari koʻtarinki ruhda va qizgʻin bahs, munozaralarga boy tarzda davom etmoqda.




