Yangilik haqida batafsil
Jismoniy tarbiya va sport kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-443-son Qaroriga koʻra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilangan, shu munosabat bilan joriy yilning 18-sentabr kuni institutning Fargʻona filialida sport targʻibotchisi M.Neʼmatov tomonidan tinglovchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalar “Tosh koʻtarish”, “Arqon tortish”, “Gimnastika yakkaxodasi” (turnik)da bellashuvlar bo‘yicha oʻtkazildi. Ushbu sport musobaqalari koʻtarinki ruhda va qizgʻin bahs, munozaralarga boy tarzda oʻtdi.


