Yangilik haqida batafsil

Jismoniy tarbiya va sport kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi PQ-443-son Qaroriga koʻra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida  belgilangan. Fargʻona filialida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari avvali O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Shundan so‘ng xodimlar hamda tinglovchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.