Yangilik haqida batafsil
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari:
IAAF- Xalqaro Yengil atletika Federatsiyalar Assotsiatsiyasi
Texnika- yengil atletika sportida, har bir turini bajarishga o‘ziga xos san’ati (mahorati).
Fosperi-flop - yengil atletikada balandlikdan sakrab o‘tish turi.AQSHlik Dik Fosberi tomonidan yaratilgan.
Jahon rekordi- yengil atletika turi bo‘yicha yengil atletikachilar tomonidan erishilgan dunyodagi eng yuqori natija. Masalan,100 m ga yugurishda Useyn Boltning o‘rnatgan jahon rekordi 9.58 soniyaga teng.
Yugurish- bitta tayanch va uchish fazalaridan tashkil topgan, odamning harakatlanish usuli hisoblanadi
Sportcha yurish- yengil atletikaning turlaridan biri bo‘lib, odatdagi yurishdan har bir qadam tashlashda tayanch sifatidagi oyoqning vertikal holatda rostlanishi va tizza bukilmasligi, shuningdek, harakatlanishning 15 km/soat va undan ortiq tezlikka ega bo‘lishi bilan farqlanadi.
Startyor (start beruvchi)- yengil atletikaning yugurish turlarida sportchilarga start beruvchi hakam hisoblanadi.
Stipel chez- suv bilan to‘ldirilgan xandaqdan va boshqa to‘siqlar oshib 3000 m ga yugurishdan iborat yengil atletika turi.
Yagona klasifikatsiya (tasnif)- yengil atletika turlari bo‘yicha sport daraja (razryad) va unvonlarni berishning m’yor va talablar.
URM - umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar-1 - bu turli tezlik va ko’lamda maksimal va o’rtacha muskul zo’r berishi orqali tananing alohida qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar-2 - ko’prok bo’g’in qismlarida bajariladigan, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik uchun organizm funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni shakllantirish uchun qo’llaniladigan mashqlardir.