Yangilik haqida batafsil

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari


Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari:


O‘quv rejasi – malak oshirsh tizimining muayyan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan normativ hujjat.

O‘quv fani - ta’lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, uquv va ko‘nikmalar tizimi.

O‘quv  dasturi - ta’lim mazmuni, ularning inglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ  hujjat.

O‘qitish sifatini nazorat qilish - tinglovchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash.

Kasbiy faoliyat turi - kasbiy faoliyat turi bu uni o‘zgartirish, unga o‘zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob’ektiga ta’sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi.

Kompetensiya - ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo‘llash qobiliyati.

Modul - tarbiyalash, o‘qitishga o‘rnatilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo‘lgan o‘quv fani (kursi) yoki o‘quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi.