Yangilik haqida batafsil

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari modullari bo'yicha atamalar va ularning ma'nolari:

Kasbiy faoliyat obyekti - predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yo‘naltirilgan tizimlar.

Kasbiy faoliyat sohasi - ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladigan kasbiy faoliyat ob’ektlarining majmui.

Darslik - davlat ta’lim standarlari, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida, milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarimiz singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan xolda, fanga tegishli bilimlarni tinglovchilar  tomonidan mustaqil o‘zlashtirib olishga, ularda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, kerakli o‘quv materialini mustaqil izlash va topishga, hamda amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rgatish hamda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va tegishli ta’lim turlari uchun Muvofiqlashtiruvchi Kengash (yoki vakolatli Kengashlarning grifi) tomonidan o‘quv adabiyotiga berilgan guvohnoma, o‘quv rejalarda ko‘rsatilmagan (tanlov va qo‘shimcha) fanlari uchun ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi qarori asosida chop etiladigan nashr.

O‘quv qo‘llanma - darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlar echimiga mo‘ljallangan tegishli ta’lim turlari uchun Muvofiqlashtiruvchi Kengash (yoki vakolatli Kengashlarning grifi) tomonidan o‘quv adabiyotiga berilgan guvohnoma, o‘quv rejalarda ko‘rsatilmagan (tanlov va qo‘shimcha) fanlari uchun ta’lim muassasasining Ilmiy metodik  kengashi qarori asosida chop etiladigan nashr.

Lug‘at - aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi va hokazo) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi ta’lim muassasalarining ilmiy metodik  kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

Izohli lug‘at - so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

Ma’lumotlar to‘plami - foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

O‘quv –uslubiy majmua  - fanning o‘quv dasturi bo‘yicha ma’ruzalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan atalgan, undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

 Ma’ruzalar to‘plami - muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turiladigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo‘yicha chiqariladigan kichik adadda nashr qilingan tarqatma material.

 Uslubiy ko‘rsatma - muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.

Uslubiy qo‘llanma - o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.

Sharh - jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.