Yangilik haqida batafsil

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari muz saroyida bo‘lishdi.

Joriy yilning 28 - aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 4- fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari Farg‘ona shahrida Festival savdo markazida joylashgan muz saroyida bo‘lishdi. U erda trener instruktor A.Kamilov tomonidan filial tinglovchilariga konkida muz ustida harakat qilish yo‘nalishini o‘zgartirishi va aylanishlar bilan bog‘liq mashqlarni amaliy ko‘rsatib o‘tdi.