Yangilik haqida batafsil
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori,professor I.Tursunaliyev hamda institut professor-o’qituvchilari Farg’ona filialiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 2-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, professor I.Tursunaliyev hamda pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Jumanov va pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Abdullayevlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, tinglovchilar turar joyi, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filialning axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, institut rektori I.Tursunaliyev filial professor-o’qituvchilari va xodimlari bilan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalari, kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.

.jpg)
