Yangilik haqida batafsil
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqdaJoriy yilning 18-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sp
Joriy yilning 18-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida nufuzli xalqaro musobaqa va jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, o‘zaro muloqotlar olib borish maqsadida Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni, jahon chempioni, uch karra Osiyo chempioni, o‘zbek professional bokschisi Hasanboy Do‘smatov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Hasanboy Doʻsmatov filialning sport turlari boʻyicha trenerlar malaka oshirish kursi “Boks” guruhi tinglovchilariga oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Hasanboy Doʻsmatov tomonidan filialning sport turlari bo‘yicha trenerlar malaka oshirish kursi “Boks” guruhi tinglovchilari ishtirokida boks texnikasi va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar, himoya va hujum usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi. Shuningdek, Hasanboy Do‘smatov filialda yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.



