Yangilik haqida batafsil
“Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishini olib bormoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchisi Maxamadjonov Muxsinbek Mirzaobid o‘g‘li, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishini olib bormoqda.
Mazkur ish mavzusi “Yuqori malakali futzalchilarining koordinatsion qobiyatlarini rivojlantirish” bo‘lib, bu bo‘yicha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Futzal bo‘yicha ayollar Osiyo Kubogi-2025 saralash bosqichi C-guruh uchrashuvlari doirasida amaliy tadqiqotlar o‘tkazildi. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston ayollar futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Farruh Zokirov bilan hamkorlikda, Filippin, Quvayt, Avstraliya va Turkmaniston ayollar jamoalariga qarshi o‘yinlarda tadqiqot doirasida innovatsion yondashuvlar qo‘llanildi. Xususan, Polar Team Pro zamonaviy texnologiyasi orqali olingan ma'lumotlar tahlil qilindi.
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, O‘zbekiston ayollar futzal milliy terma jamoasi saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2025 yil 7-18 may kunlari Xitoy davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2025 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


