Yangilik haqida batafsil
Institutning professor o'qituvchilari Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi.
Joriy yilning 4-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika fanlari nomzodi,professor Hadjayev Faxriddin, pedagogika fanlari nomzodi, professor Jumanov Ortiqboy Sangilboyevich hamda pedagogika fanlari nomzodi, professor Tolipjonov Asqar Imomjonovichlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filialning axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

